Kompleks moliyaviy modellashtirish
Tushumlar, operatsion xarajatlar, kapital qo‘yilmalar, aylanma kapital va o‘zaro bog‘langan moliyaviy hisobotlarni qamrab oluvchi dinamik moliyaviy modellarni ishlab chiqish.
Asosiy moliyaviy konsalting — 01
Biznes va investitsiya qarorlarini asoslashga xizmat qiluvchi kompleks moliyaviy modellar va investitsiya tahlili.
Xizmat haqida
Puxta ishlab chiqilgan moliyaviy model shunchaki prognoz emas. U biznes yoki investitsiya loyihasi qanday iqtisodiy qiymat yaratishini tushunish vositasidir.
FinanceLab loyihaning tijorat, operatsion va moliyaviy parametrlarini o‘zaro bog‘laydigan integratsiyalashgan moliyaviy modellarni ishlab chiqadi. Biz loyiha iqtisodiyoti, investitsiya samaradorligi, moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va moliyaviy risklarni baholab, asoslangan investitsiya qarorlarini qabul qilishga yordam beramiz.
Yondashuvimiz asosida boshlang‘ich ma’lumotlarning shaffofligi, hisob-kitoblarning uslubiy to‘g‘riligi va muqobil ssenariylarni tahlil qilish tamoyillari yotadi.
Tushumlar, operatsion xarajatlar, kapital qo‘yilmalar, aylanma kapital va o‘zaro bog‘langan moliyaviy hisobotlarni qamrab oluvchi dinamik moliyaviy modellarni ishlab chiqish.
Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida loyihaning hayotiyligi, rentabelligi, investitsiya daromadliligi va yaratiladigan iqtisodiy qiymatini baholash.
Moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, o‘z va qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish ssenariylarini, qarzni qaytarish jadvallarini hamda qarzga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini baholash.
Narxlar, ishlab chiqarish hajmi, operatsion xarajatlar, CAPEX va moliyalashtirish shartlari kabi asosiy parametrlar o‘zgarishining loyiha natijalariga ta’sirini baholash.
Yangi investitsiyalar, biznesni kengaytirish yoki rivojlanishning muqobil strategiyalarini ko‘rib chiqayotgan loyiha tashabbuskorlari, sanoat korxonalari, investorlar, biznes egalari va kompaniya rahbarlari.
Loyihangizni FinanceLab bilan muhokama qiling va investitsiya qaroringiz uchun mustahkam moliyaviy asos yarating.
Loyihani muhokama qilish